«musa yerniyazov» tegli maqolalar


O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi
5 dekabr 2022, 10:16

O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi

Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi. Dekabrda uning xotira kechasi o‘tkaziladi, hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi, kitob-albom ham chop etiladi. Qolaversa, Musa Yerniyazov yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi o‘rnatiladi.

Prezident Musa Yerniyazov vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida qatnashdi
1 avgust 2020, 17:57

Prezident Musa Yerniyazov vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida qatnashdi

Nukus shahrida Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga va xalqqa chuqur hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi
1 avgust 2020, 17:05

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi

«Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi». Shavkat Mirziyoyev Nukusga yetib keldi va Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov vafot etdi
31 iyul 2020, 20:07

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov vafot etdi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi. Oldinroq unda koronavirus aniqlangan edi.

Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda — shtab
30 iyul 2020, 20:26

Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda — shtab

Koronavirusdan davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov og‘ir ahvolda, u O‘SV uskunasiga ulangan.

Qoraqalpog‘istonda yana uch nafar blogerning texnikasini olib qo‘yishdi. AOKA vaziyatga izoh berdi
28 iyul 2020, 19:48

Qoraqalpog‘istonda yana uch nafar blogerning texnikasini olib qo‘yishdi. AOKA vaziyatga izoh berdi

Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘limi haqidagi yolg‘on xabarlarni tarqatish ishi bo‘yicha Nukus IIBga uchta bloger chaqirilib, ularning telefonlari va kompyuterlari tortib olindi. Oldinroq uchta nashrning bosh muharrirlari prokuraturaga chaqirilgan edi. AOKA huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari qonunni buzishganini, ammo jurnalistlar ma’lumotni tekshirishlari kerakligini ta’kidladi.

Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirildi
27 iyul 2020, 11:36

Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirildi

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov o‘limi haqidagi xabar elon qilingani uchun Qoraqalpog‘istondagi uchta OAV Makan.uz, Kruz.uz va Kar24.uz bosh muharrirlari kechasi prokuraturaga chaqirilgan. Makan.uz rahbari Lolagul Qallixanovani uyidan huquqni muhofaza qilish organlari olib ketishgan. Ikki nafar jurnalistning telefon va noutbuklari olib qo‘yilgan.

Musa Yerniyazov va To‘ra Bobolovning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi
18 iyul 2020, 19:59

Musa Yerniyazov va To‘ra Bobolovning koronavirusga chalingani ma’lum qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov va Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov koronavirusga chalindi. Ularning ahvoli yevropalik mutaxassislar ishtirokida tahlil qilinib, holati stabil deb topilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting